top of page

Tarjimai hol - Barhayot afsonalar

 

Janrlar: Tajriba, Post-rok, O‘zgacha Olam

Shior: “Musiqa-dunyo va odamlar o‘rtasidagi ko‘prik.”

Tillar: Ingliz, Tuva, Uyg‘ur, Xitoy, Yapon, Rus, Vyetnam, O’zbek

Tashkil etilgan: 2015 yil, Pekin (Xitoy)

O‘xshash guruhlar: Bjork, Ghost, Pink Floyd, Yat-Kha, Askar, Sting, Enigma, Huun Huur Tu, Dire Straits

 

“Barhayot afsonalar” guruhi turli xil til va madaniyatni bitta betakror ohangga birlashtirdi, an’analar va kashfiyotlarni yanada yuqoriroq cho‘qqiga olib chiqdi. Guruh romantik, falsafiy va zamonaviy qo‘shiq so‘zlari orqali insoniyatning botiniy va zohiriy holatini ifodalab beradi. Guruhning o‘z nomidagi ilk albomi shu yil kuz oylarida taqdim etilishi kutilmoqda. Albomdan “trans-milliy” o‘ziga xos ohanglar bilan yo‘g‘rilgan, ilhomlantiruvchi va  tinglovchini har tomonlama qamrab oluvchi musiqa o‘rin olgan.

 

“Barhayot afsonalar” turli davlat vakillaridan tashkil topgan.Guruh tarkibini universal studiya musiqachilari va 3 asosiy vakil tashkil etadi: afsonaviy xoomey yo‘nalishi ijrochisi, folklyor musiqa tadqiqotchisi Radik Tyulyush (Xun-Xurtu), vyetnamlik etnolog va qo‘shiqchi Tran Nguen (Xitoy kam sonli millatlar tadqiqot markazi) va poliglot-qo‘shiqchi, qo‘shiqlar muallifi va antropolog Endi Bauer (Kolorado, AQSH).

“Barhayot afsonalar” guruhi hali o‘ylab topilmagan shakldagi yangi muloqot vositasini- “madaniyatlar to‘qnashuvi”natijasi bo‘lgan yangi musiqani ixtiro qildilar. Bunday musiqa har qanday madaniyat omiliga osongina qorishib ketmaydi, balki guruhning har bir a’zosi tufayli “madaniyatlar to‘qnashuvi” jarayonida millatlararo o‘ziga xoslikni yorqin ifoda etadi. Bunday madaniyatlararo muloqot tubdan o‘zgarishlar natijasidagina vujudga kelishi mumkin. Bu tajriba esa o‘z navbatida madaniyatlar to‘qnashuvi ta’siridagi musiqani o‘rganish va shunday hayot  jarayonida amalga oshadi. Bugun turli millat vakili bo‘lgan guruh a’zolari madaniy yodgorlik- milliy musiqalarini saqlash uchun harakat qilish bilan birga zamonaviy ruhiyat baxsh etib, shu orqali ularning mazmun-mohiyatini dunyoga yetkizmoqchilar. “ Barhayot afsonalar” qadimgi Sharq musiqasi va kuylash uslublarini, she’riyatini o‘zida mujasssamlashtirgan va ingliz, yapon, xitoy, rus, uyg‘ur,va tuva tilida ijro etuvchi birinchi guruhdirlar. Shunchaki musiqiy guruh  bo‘lgani bilan, guruhni professional guruh deb tan olish mumkin .Masalan, ijro repertuaridagi har bir she’r ona tili vakili bo‘lgan shoirlar bilan hamkorlikda yozilgan.

Ilk albom ustida 25 ga yaqin ijodkor ishladi. Turli millat va madaniyat vakillarini bir joyga,bir jamoaga jamlash o‘ziga xos mashaqqatli ish. Shunga qaramay,ularning musiqa vositasidagi yangi madaniyat almashinuvi shakliga bo‘lgan ishonchlari barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishga, uzluksiz shu bilan birga mashaqqatli mehnat qilishga undadi. Bugungi kunda “Barhayot afsonalar” tomonidan 20 ta o‘zgacha ohangga va she’rga ega bo‘lgan qo‘shiqlar yozilgan. Ularning ijod namunalari kam ishlatiladigan ohang gammalariga, o‘zgaruvchan-innovatsion hajmga, noodatiy mutanosib aranjirovkaga ega, turli etnik an’analarning misli ko‘rilmagan yig‘indisi esa o‘zgacha yangraydi va boshqa bir olamga tushib qolganlik hissini beradi.      

 

“Barhayot afsonalar” o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakni hamma davr vakillari uchun qadrli bo‘lgan musiqa yaratish orqali bir joyga jamladilar.Bu musiqa zamon uchun qadrli musiqa, yillar, asrlar o‘tib ham o‘z qiymatini saqlab qoladi. Bunday musiqa ham zamonaviy, ham qadimiy, u albatta jaranglashi, yangrashi lozim.

logo_LM LOGO白_edited_edited.png
bottom of page